avatar
Куч
213.28
Рейтинг
+84.57

Саноев Гайбулло Абдурахмонович

Мақолалар

“Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri”.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
                                     “Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri”.
                                                           Reja:
1.     “Keksalarni e’zozlash yili”  davlat dasturi to`g`risida.
2.     “Keksalarni e’zozlash yili”da yurtimizda amalga oshirilayotgan sayi  harakatlar.
3.     Keksalarga hurmat oiladan boshlanar.
4.     Keksalar mahallamiz faxri.
5.     Keksalik bu- donolik.
6.     Xulosa: keksalarni e’zozlash barchamizning burchimizdir.
                                                          Duodadir qo`lingiz,
                                                          Nurga to`lsin yo`lingiz.
                                                      Mehrga kon ko`nglingiz ,
                                                      Aziz keksalarimiz.
                                                                                                     (ijodimdan)
 
 
Mana 2015-yilda keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo`llab-quvvatlash ko`lamini kengaytirish, yoshi ulug` insonlar ayniqsa 1941-1945-yillarda urush va mehnat faxriylariga ijtimoiy pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko`rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda yoshlarni o`zbek xalqining  ko`p asrlik  qadriyat va  an’analariruhida  tarbiyalashda keksalarning o`rnini mustahkamlash maqsadida2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Davlat dasturiga binoan  keksalarga g`amxo`rlik ko`rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan va me’moriy – huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy qo`llab- quvvqtlashni takomillashtirish yo`lga qo`yildi. Respublika kommissiyasiga “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturiga tadbirlarning to`liq, o`z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilsh yuklatildi.Bosma va electron axborot vositalari shu jumladan internet-resurslarini xabardor qilib boorish ta’minlanmoqda. Hamda mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish  O`zbekiston Respublikasining bosh vaziri  SHavkat  Mirziyoyevga topshirildi. Hozirda esa “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi amalga oshirilmoqda.
“Har qanday jamiyatning yoshi ulug` odamlariga bo`lgan e’tibori va g`amxo`rligi uning madaniy darajasini belgilaydi, soddagina qilib aytganda, keksalarga bo`lgan hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko`rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan”, — deya bejizga takidlamagan edilar davlatimiz rahbari Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 22 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi maruzalaridi.Zeroki “Keksalarni e’zozlash yili” da yurtimizning nuroniy keksalariga bo`lgan e’tibor va ehtirom yanada ortdi. Har bir viloyatimizda “Keksalarni e’zozlash yili”ga bag`ishlab madaniy va ma’rifiy tadbir va anjumanlar o`tkazilib, u yerga faxriy keksalar taklif etilib, madaniy hordiq chiqarishmoqda va estalik sovg`alari bilan taqdirlanmoqdalar. Bundan tashqari keksalar salomatligiga alohida e’tibor berilgan holda har hafta bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazish joriy etildi va mehnat faxriylariga turli sanatoriya vasihatgohlarda dam olish va davolanish uchun yo`llanmalar berilmoqda. Bu ishlar keksalarimiz uchun yurtimizda qilinayotgan sayi  harakatlarning yorqin dalilidir.
        Keksalarga bo`lgan hurmat oiladan boshlanadi. Har bir oilada keksa insonlar borki, ular hurmat va ehtiromga loyiqdirlar. Chunki keksalarimiz tufayli oilalarimiz farovon, xonadonlarimiz fayzlidir. Ularning butun umr bo`yi to`plagan tajribalariga asosan beradigan  dono va mulohazali maslahatlari biz uchun hayot yo`limizda foydalanadigan eng yaxshi qo`llanmadir. Shuning uchun ham avvalo oilamiz keksalarini hurmat qilib, ulug`lamog`imiz lozim.So`ngra mahallada, ko`cha-ko`yda, qisqasi qayerda bo`lishidan qat’iy nazar keksalarga bo`lgan hurmat va ehtiromni yo`qotmasligimiz kerakdir.
Keksa va nuroniy insonlar mahallamiz faxridirlar. Ular tufayli doimo mahallamiz obod.Bizning mahallamizda ham keksa nuroniylar ko`p bo`lib, ularni mahallamizdagi barcha katta-kichik birdek hurmat qiladilar. Ularning mahallamiz tinch va totuvligidagi o`rinlari beqiyos. Keksa otaxon-u, onaxonlarimiz mahalladagi barcha kelishmovchilik va urush-janjallarni bartaraf qilishadi. Keksalarimiz mahallamiz obodligiga alohida e’tibor berishadi. Shuning uchun ham har bahorda nihol o`tqazish, daraxtlaerni oqlash, ariqlarni hasher yo`li bilan qazdirish, yo`llarni buzilgan yerlarini tamirlashda o`zlari bosh bo`lib, kerakli maslahatlarini ayashmaydi. Kuni-kecha 9-may “Xotira va qadrlash kuni “ munosabati bilan keksalarimiz bosh bo`lgan holda mahallamiz qabristoni obod qilindi. Ba`zi tamirga muhtoj joylari tamirlanib, o`t-o`lanlardan tozalab chiqildi. Bu ham mahallamiz keksalarining sayi harakarlari va mahallamiz insonlarining ahil va birdamligi tufayli tezda amalga oshdi. Keksalarimizning mahalladagi kishilarining ahil va totuvligini mustahkamlashda ham o`rinlari beqiyosdir.
 Keksalik bu-donolik deya bejizga aytishmagan .Chunki ular keksayganda har bir gaplarida tafakkurlari va hayotiy tajribalariga  tayanib gapirishadi. Har bir ishda uzoqni ko`ra biladigan bo`ladilar. Shuning uchun ham xalqimiz “Qari bilganni-pari bilmas” deyishadi. Ular bizga maslahat berishda esa beradigan maslahatlarini har tomonlama o`ylab ko`rib, biz uchun to`gri bo`lgan maslahatni beradilar. Ular doimo yurt tinchligi, xalq farovonligi, vatan ravnaqi va farzandlarining kamoli uchun ham duo qilishdan ham to`xtamaydilar. Sho`ro davrida ko`p qiyinchiliklarni boshlaridan o`tkazgan nuroniy bobo-buvilarimiz har bir gaplarida bugungi go`zal va osoyishta zamon uchun Yaratganga shukronalik keltirib yashamoqdalar. Biz ham ulardan doimo o`rnak olishimiz, ularning bergan dono maslahat va nasihatlariga amal qilishimiz kerak. Xalqimiz ham bejizga :”Qarisi bor uyning parisi bor”-deyishmagan.Shu jumladan otaxon shoirimiz Qudduz Muhammadiy “Aziz bobom “ she’rida qariyalarni madh etgan :                      
Bir aziz bobom bor dunyoda tanho,
Xushtabiat, xushqomat, muloyim, dono .
Ko’nglining kengligi yer, kurra osmon ,
Ko’zlari nuroniy oynai, jahon.                        
Barchamiz bilib qo’yishimiz kerakki, oilamizdagi keksa nuroniylarimiz g`animatdirlar. Shuning uchun ham doimo ularning aytgan maslahat  va nasihatlariga amaj qilishimiz, ularning oltindanda qimmatli, hech narsaga teng qilib bo’lmaydigan duolarini ko’proq olishimiz lozim. Oilamiz farishtasi bo’lgan keksalarimizni doimo  ulug’lab, hurmat qilishimiz, bugungu farovon hayotimizda ularning qanchalik katta hissa qo’shayotganlarini anglamog`imiz kerak. Umr go’yo shiddat bilan oqayotgan daryo suviga o’xshaydi. U hech qachon to’xtab turmaydi. Chunki doimo vaqt o’tib boradi. Ba’zi insonlarning muammolari ham shunda. Chunki ular o’zlarining yaqinlari bo’lgan keksa insonlarning umri o’tib borayotganini, ularni ko’zlari ochiqligida e’zozlab, hurmat qilib, duolarini olishlari kerakligini o’z vaqtida tushunishmaydi. Ammo tushunib yetganlarida afsuski kech bo’ladi. Vaqtning naqadar tez o’tishini, bebaho boyligimiz bo’lgan umrimizni ko’z ochib, yumgunimizcha o’tib ketishini o’z qalamimga mansub bo’lgan quyidagi she’rimda ham bayon etganman:
 “Vaqt”
Vaqt degani nima deb,                      
So’ragandim buvimdan.
Shunda buvim o’ylanmay,
Menga dedilar shunday:
Vaqt bu soat milidir,
Vaqt bu o’tgan umr.
Vaqt sira to’xtamas,
Ammo umring tugaydi.
Chunki bir kun o’lasan ,
Vaqt esa hech tinmaydi.
So’ngra borib buvamga,
Bergandim shu savolim.
                                                                                                                                                                                                                   Buvam dedi:vaqt xuddi
Oqar suvga o’xshaydi.
Suv to’xtamay oqadi,
Vaqt ham tinmay o’tadi.
Vaqt o’tganin bilganda,
Afsuski kech bo’ladi.
Sochinga oq tushadi,
Ko’zing xira ko’radi.
Umringga achinasan,
Shunda afsus qilasan.
Shuning uchun doimo
O’qi,izlan,bilim ol .
Vaqtida o’z ishing qil,
Keksalar g’animat bil.
Ushbu she`rimda vaqtning nechog’lik bebaho boylik ekanligini va keksalarning umri tezda o’z nihoyasiga yetishini, vaqtida ularning qadrlariga yetishimiz kerakligini qalamga olib, tasvirlashga harakat qildim. Xulosa qilib aytganda keksalar tirikliklarida ularni asrab avaylasshimiz va e’zozlamog’imiz lozim. Bu har birimizning o’z farzandlik burchimizdir. Buni yana bir bora anglab yetishimiz uchun ham yurtboshimiz 2015-yilni”Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon  qildilar.
Tillarida duo, yuzlarida nur,
Haq gapni aytishar, bir so`z desalar.
Qarisi bor uyning parisi border”,
E’zoz –ehtiromga loyiq keksalar.
Bizga saboq –ular bosib o`tgan yo`l,
Aybdormiz agarda bir ranj cheksalar.
Yurtga tinchlik tilab, yuzga tortar qo`l,
E’zoz – ehtiromga loyiq keksalar.       
G’ijduvon tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-A sinf o’quvchisi Ibrohimova Maftuna Tel: +99891 647-84-44                         
 

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening  bobom,  buvim – mahallamiz  faxri.
                            Reja;
1. E’zoz  ehtiromga  loyiq  keksalar.
2. Qarisi  bor  uyning-parisi bor.
3. Buva-buvim  o’gitlari.
4. Mening  bobom, buvim- mahallamiz  faxr.
 Tillarda  duo, yuzlarida  nur,
Haq  gapni  aytishar  bir  so’z  desalar.
“Qarisi bor uyning – parisi border”,                  
E’zoz-ehtiromga loyiq keksalar.
         Mana 2015-yil Prezidentimiz tomonidan ‘’Keksalarni e’zozlash yili ‘’deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan keksalar shifoxonalarda  davlat tomonidan, bepul davolanyaptilar. Ular sog’-omon bo’lishlari uchun tekshiruvlardan, tibbiy ko’riklardan o’tkazilib, g’amxo’rlik qilinmoqda.Biz yoshlar bemor qariyalardan hol- ahvol so’rab, doimo ulardan xabar olishimiz kerak.Keksalar qo’llarini duoga ochib, Olloh taollodan Vatanimizning tinch va osoyista,farovon, farzandlari barkamol bo’lishini so’rashadi. Ular yurtimizining  farovon bo’lishiga katta hissa qo’shganlar.Urush davrlarida vatanlari,qishloqlari uchun jon fido qilganlar.Ularning xotirasin abadiylashtirish maqsadida juda ko’p ishlar amalga oshirildi.Toshkentda ‘’Xotira maydoni’’va ‘’Motamsaro ona haykali ’’majmualari barpo etildi.Jangga qatnashgan ko’pgina yurtdoshlarimiz ‘’qahramonlik’’ unvonlari bilan mukofotlandi.Ularning qilgan mehnatlari,kechirgan azob-uqubatlari oz qadrini topdi.Ular e’zoz va ehtiromga loyiqdirlar.  
    Ota-bobolarimiz: ‘’Qarisi bor uyning – parisi bor ‘’deb bejizga aytishmagan.Chindan ham shunday.Qariyalarning nuroniy chexrasidan xonadonlarimiz yorishganday bo’ladi.Ular borki xonadonlarimiz fayzlidir.Qarisi bor uyda,noahillik,janjallar bo’lmaydi.Ular uyimizning farishtalaridirlar.
Uyimizning farishtalari o’zingiz,
Haqdir harbir aytgan odil  so’zingiz.
Nasihatingizga quloq solamiz,
Doimo aytganlaringiz qilamiz.
Mening,aziz va mehribonim,
Budir buva va buvijonim  
(ijodimdan)
 Keksalarimiz juda ham donodirlar.  Riviyat qilishlaricha:Bir podshoh bo’lgan ekan.U davlatda chiqimlar ko’paygani sababli har 70-yoshdan oshgan chol-u kampirlarni o’ldirishga  buyruq beribdi. Podshohning xizmatkori bu xabarni eshitib, onasini bir xilvat joyga yashirib qo’yibdi.Onasi 71-yoshda ekan. Saroy soqchilari 70-yoshdan oshganlarni o’ldiraverishibdi. Bu yurtdan fayz –u baraka ham, tinch-totuvligi-u ahil-inoqlik ham mana shu  keksalar bilan birga ketibdi. Bu yurtga qo’shni bo’lgan davlat urush boshlamoqch bo’libdi. Shunda urush boshlamoqchi bo’lgan  davlatning bir vaziri shunday debdi:
    -Podshohim ,shoshmang,oldin ularga bir jumboq beraylik. Ular yecha olmasalar, mayli u yurt bilan urush boshlayvering, yecha olsalar urush  to’xtatilsin.
     -Bu  nima  deganingiz-debdi  podshoh.
-Ularda  nuroniy  keksalar  qariyalar  yo’q. Ular  bu jumboqni  yecha  olishmaydi, -debdi  vazir.
Ertasi  kuni  qo’shni  yurt  keksalarni  o’ldirayotgan yurtga  ikki ot  jo’natibdi.
         Elchi  ularga:mana shu otlarning qaysi biri onasi, qaysi biri bolasi ekanini aniqlab bersangiz, biz urushni to’xtatamiz, topolmasangiz urush davom etadi-debdi.
        Otlarning ikkalasi ham oppoq bo’y-basti bir xil, kattaligi ham bir xil ekan
Bu jumboqni shoh ham, shohning vazirlari-yu mulozimlari ham yecha olmabdi.Shunda podshoh butun xalqqa:”Kimda kim shu jumboqning javobini topsa uni mukofotlayman, uni o’zimning bosh vazirim etib saylayman”-deb buyruq beribdi.O’sha xizmatkor onasining yoniga borib,bu jumboqni aytibdi.Onasi shunday debdi:”Ikkala otni bir joyga qo’yib yoniga yem-xashak tashlang.Qaysi birinchi yesa o’sha bolasi, u to’yib bo’lgandan so’ng yeyishni boshlagani, onasi” Xizmatkor buni podshohga aytibdi. Podshoh   xuddi xizmatkorning aytganidek qilishni buyuribdi.Ular ikkala otni  bir joyga qo’yib yem-xashak tashlashibdi.Birinchi turgan ot yem-xashakni yeya boshlabdi,uning qorni to’ygach ikkinchi ot oz-ozdan yebdi.Shunda xizmatkor:”Mana bu birinchi yegan – bolasi, undan so’ng yegan- onasi” debdi.Bu javobni urush boshlamoqchi bo’lgan yurtga aytishibdi.Javobi xuddi shunday ekan.Shu bilan urush to’xtatilibdi. Podshoh xizmatkorga:”Buni qanday topding”,-debdi.Shunda xizmatkor:”Bir qoshiq qonimdan kechsangiz aytaman ,-debdi.Podshoh:”O’tdim, ayt,”-debdi.Xizmatkor:”Mening bir onam bor,men uni juda yaxshi ko’raman.U yetmish yoshdan oshgan.Men uni soqchilardan yashirgan edim.Menga buning javobini onam aytdilar”,- debdi. Podshoh uning onasini chaqirtirishini buyuribdi.Xizmatkorning onasini olib kelishibdi.Shunda podshoh:”Onajon buni qanday topdingiz,”- debdi.Xizmatkorning onasi:”Buning javobi oddiy, birinchi yegan- bolasi ikkinchi yegan-onasi.Chunki, ona doimo birinchi bolasini yeb-ichiradi, o’zi yemasa ham bolasining qorni to’yishini xohlaydi,o’zi esa bolasidan ortib qolganlarni yeydi.Dunyodagi jamiyki narsalar hatto hayvonlarda ham onalik hissi bor”,-debdi.Podshoh bu so’zlardan juda ta’sirlanibdi.Shundan so’ng podshoh qariyalarni o’ldirmabdi,xizmatkorni bosh vazir etib saylabdi.Mana shu birgina onaning gapi bilan urush to’xtatilibdi.Onaxon o’z xalqini urushdan saqlab qolibdi.O’z yurtiga tinchlikni qaytaribdi.Keksalarimiz borki, vatanimiz  tinch –totuv,  yurtimiz farovon.  Ular  tinchlikning  poydevoridir.Shuning uchun  ham ularni  asrab –avaylashimiz, qadrlashimiz  lozim.
 
         Keksalar  ko’p  nasihat  berishadi.  Chunki, ular  bizni  to’g’ri  yo’lni  tanlashimizni,  egri  yo’ldan  bormasligimizni  xohlashadi.Biz  aqlli,  odobli  va  dono  bo’lib  yetishishimiz  uchun  qo’llaridan  kelganicha  harakat  qilishadi.Doimo bizning manfaatlarimiz foydamizni o’ylashadi.Har bir buva- buvi    o’z farzandlariga, nabiralariga,evaralariga nasihat qilishadi.Masalan bobom bizga:”Doimo yaxshilik qilinglar, yaxshiga ham, yomonga ham.Hattoki, sizga yomonlik qilgan insonga ham yaxshilik qiling.Shunda u qilgan ishidan uyalib qoladi va sizga ham yaxshilik qiladi. Qarindosh-urug’iga mehrli bo’lgan kishiga savob ham tekkaydir”-deydilar.Mening buvam va buvim qishlog’imizning faxrli keksalaridan.55yildan buyon tinch-totuv yashaydilar.8 nafar farzandlari, 40 nafardan ortiq nabiralari, 20 nafar evaralari bor.Uyimiz doimo ular bilan fayzli.Mahallamizda barcha ularni hurmat qilishadi.To’y-u marakalarda maslahat  so’rashadi.Chaqaloqlar tug’ilsa ham ism qo’yib berishlarini so’rashadi.Ular biror yerga ketishsa tomog’imizdan ovqat o’tmaydi.Bu yil buvimlarni ham Haj ziyoratiga yuboramiz.Buvajonim 10 yildan buyon Haj safariga borib keladilar.Ollohga ming shukurki, buva-buvim biz bilan birgalar.Men  bobojonim va buvijonim bilan faxrlanaman va ular biz bilan yashayotganlaridan baxtiyorman.Ilohim umrlari bundanda ziyoda bo’lsin.Siz ham buva-buvingizni e’zozlab ardoqlang.Ularning hayot ekanliklarida  duolarini olaylik va xizmatlarida bo’laylik.Ularni asrab-avaylaylik.
G'ijduvon tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi 8-A sinf o'quvchisi Muxtorova Aziza Tel: +99891 647-84-44

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
“Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri”
                     Reja:
I.Kirish:
1.Nuroniylar-hayotimiz faxridir
II.Asosiy qism:
1.Keksalar ko’nglimiz ko’zgusidir
2.Qariyalar- qalb ardog’imizda
3.Duogo’ylarimiz yurt ziynati,poydevoridir!
4.Bobom jabri, momom sabri – oltindan ham aziz qadri.
5.Keksalari e’zoz topgan yurt.
III.Xulosa:
Ortda qolgan azoblar ildizgacha qaqshar
Bugun keksalarimiz shukrona aytib yashar
 
Qarisi bor uyning parisi bor.       (Maqol)
 
Boqiy tinchlik bobom tilagi
Baxtga makon momom yuragi
Duodadir doim bilagi
Keksalarni ehtiyot qling
Go’yo tog’dek g’urur – orlari
Ular yurtim poydevorlari
Ulug’ ne’mat ekan borlari
Keksalarni ehtiyot qiling.
Darhaqiqat,  keksalarimiz hayotimiz nuridir.  Ular bor ekan hayotimiz charog`on, duolari bilan umr yo`llarimiz ravon, yurtimiz farovondir.  Ular misoli quyosh. Tabiat ne’matlari ham quyoshga, uning nurlariga intiq bo`lgani kabi odamzot ham hamisha mehrli nigohlarga, toza qalb tug’yonlariga tashna bo’lib yashaydi.Nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ham xuddi ana shunday mehrli, nurli,toza qalb sohibidirlar.Shu bois ham biz ularning mehrli yuzlari,ma’noli so’zlariga har qadamda ehtiyoj sezamiz.Keksalarni e’zozlash bu bizning o’zligimiz bo’lib, qon- qonimizga singib ketgan, azaliy qadryatlar sanaladi. Keksalarni e’zozlamagan biror o’zbek xonadoni bo’lmasa kerak,chunki keksalar xonadonlarning fayzi hisoblanadi.Keksalarimiz – umrboqiy chiroqdirlar. Doimo xonadonlarimizni porlatib, yashnatib, fayzga to’ldirib tursinlar.Bu chiroqlar,hech qachon o’chmasin. Chiroqlarimiz doimo nurga,baxtga to’lib, biz yoshlarning yo’limizni ravon qilsin.Hayot deb atalgan maktabni o’qishda bizga hamroh, poydevor ishonch bo’lsin. ,,Qari bilganni, pari bilmaydi” deydi nuroniylarimiz. Hayotning uzundan- uzun yo’llarini ,o’nqir- cho’nqirlarini ko’rib kelayotgan nuroniylarimiz, juda katta hayotiy tajribaga egadirlar.Vatan, millat yo’lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi biz uchun qanchalik ardoqli va muqaddas bo’lsa, keksalik yoshiga yetgan ulug’larimizning  qadriga yetish xurmatlarini joyiga qo’yish ham,shunchalik muhimdir.Diyorimizda istiqlolning ilk kunlaridanoq keksa otaxon va onaxonlarga katta g’amxo’rlik va beminnat yordam  ko’rsatib kelmoqda.Zero,nuroniylarni ulug’lash, duolarini olish, xalqimizga xos fazilat bo’lib, ularning duolari esa boshimizga qalqon,bilagimizdagi kuchdir.Bu haqda payg’ambarimiz (s.a.v.):,,Agar orangizda qariyalar, o’tlab yurgan jonzotlar va emizikli chaqaloqlar bo’lmaganida edi,boshingizga bolalar selday oqib, kelar edi”,deya marhamat qiladilar.Xotira o’tganlarni eslash,bugunni va kechaning yodi bilan to’ldirish, boyitish imkonini beradi.Tarixiy xotira, umr mazmunini, avlodlar o’rtasidagi vorislik tuyg’usini, ularning bir- biriga daxldor ekanini,hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma- ket bog’lanishini anglash,tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to’g’ri yo’l tanlash ota- bobolarimizning ruh- poklariga xurmat bilan qarash, milliy qadryat va an’analarimizni  toptashga yo’l qo’ymaslik, ularni ko’z qorachig’idek asrash demakdir.Mustaqillik yillarida urushda jarohat bilan qaytgan insonlarni,nogironlarni,yolg’iz qolganlarni holidan xabar olinib,ularga moddiy tomdan hamda ma’nanaviy jihatdan yordam berilishi, shuningdek,2015-yilni ,,Keksalarni e’zozlash yili’’ deb e’lon qilinishi fikrimiz isbotidir. Bu yil uchun alohida dastur ishlab chiqilib,bugungi kunda oramizda umrguzaronlik qilayotgan faxriylarimiz hayotini mazmunli qilishga, ularning umrlari uzaytirishga qo’limizdan kelgancha bunga hissamizni qo’shishga, ularga nafaqat bayramlarda balki har kuni, har soatda g’amxo’rlik va mehribonlik ko’satishga chorlaydi.Prezidentimizning 2011-yil 30-mayidagi ,,2011-2015 yillarda yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida’’gi qarori bu boradagi ezgu sa’y-harakatlar qamrovini kengaytirishda dasturilamal bo’lmoqda.O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ushbu hujjat ijrosi doirasida ,,Sahovat’’ va ,,Muruvvat’’ uylari, urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati, sanatoriyalarda ko’satilayotgan tibbiy-ijtimoiy hamda maishiy xizmatlarning davlat tomonidan kafolatlangan standart shakillari belgilab berildi.Aholining ehtiyojmand qatlamiga ijtimoiy nafaqalar tayinlar bo’yicha me’yoriy-huquqiy baza takomillashtirildi.Hatto,nuroniylarimizga 9-may ,,Xotira va qadrlash’’ kunida bir martalik pul mukofotlari berish,urushda qatnashgan nuroniylarimiz nafaqalarini ko’tarish ana shu dastur asosida amalga oshirilmoqda. ,,Nuroniy’’ jamg’armasi, ,,Sog’lom avlod uchun’’ xalqaro xayriya jamg’armasi, ,,Mahalla’’ xayriya jamoat fondi bilan yo’lga qo’yilgan o’zaro hamkorlik yolg’iz keksalarga, nogironlarga ijtimoiy-tibbiy va maishiy xizmat ko’rsatish ko’lami hamda sifatini oshirishda ayni muddao bo’layotir. Jumladan,davlatimiz rahbarining 2014-yil 13-oktyabrda qabul qilingan ,,1941-1945 yillardagi urush va mehnat  fronti faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora tadbirlari to’g’risida’’gi  farmoni ijrosi yuzasidan ijtimoiy sheriklik asosida ellikdan ziyod sanatoriyalarda 74 ming nafarga yaqin urush va mehnat fronti faxrylarini budjet mablag’lari hisobidan sog’lomlashtirish ishlari tashkillashtirildi.Keksalarimiz uchun bir yilga tabiat maskanlarida, sanatoriyalarda,dam olish maskanlariga,u yerda sog’liqlarini tiklash uchun yoki ma’naviy hordiq chiqarish uchun bepul yo’llanmalar berilishi yurtimizda:,,Hech kim mehr va e’tibordan’’ chetga emasligini tasdiqlaydi.Buning uchun tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini  bosqichma -bosqich   mustahkamlab, ularda zamon talablari asosida shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biridir. 2013-yili Ohangaron,Nurota va Sirdaryo tumanlaridagi ,,Muruvvat’’ uylari,Toshkent shahridagi 2-sonli ,,Muruvvat’’ uyi rekonstruksiyadan chiqarilib,foydalanishga topshirildi. Bugungi yilda respublikamiz   bo’yicha  faoliyat  ko’rsatayotgan  128 ta ana shunday  punkt  orqali  har  yili   3ming  nafarga yaqin  nafaqaxo’r  ambulatoriya  sharoitida, 2,5ming  nafari  stasionar  sharoitida  o’z  salomatligini  tiklagani  bunga  yaqqol  misoldir .  Ehtiyojmand  yolg’iz  fuqarolarni  sog’liqni  saqlash  muassasalari  ko’magida  disponsir  ko’rigidan  o’tkazish  va  ularni  ambulator ,stasionar  hamda  uy  sharoitida  davolash tadbirlari  bajarilayotir. ,,Tovoqsoy’’ urush  va  mehnat  faxriylari  sanatoriyasi  keng  ko’lamli  bunyodkorlik  ishlaridan so’ng  zamonaviy  qiyofa   kasb  etdi. Prezidentimiz Islom Karimovning yaqinda qabul qilingan,,Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini  rag’batlantirish to’g’risida’’gi farmoni, urushda halok bo’lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga olovli jangohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og’ir kunlarni sabr- bardosh bilan yengib o’tgan momolarimizga ko’rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi.Urushdan qaytmagan necha minglab insonlarni mustaqillik yillarida tiklangan bunyodkorlik ishlaridagi  zarxal  tilla suv bilan ismlari yozilib qo’yilishi yurtimizga bo’layotgan o’zgarishlarni amaldagi namunalardir.Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi  qatnashchilariva front orti xizmatchilari mamlakatimiz sihatgohlarida bir yilda bir marotaba  bepul davolanish imkoniyatiga egaliklari kishini quvontirmay qo’ymaydi. Urush dahshatlariga guvoh bo’lgan kishilarga e’tibor bersangiz, ular qo’llarini duoga ochganlarida yurt tinchligiga ko’z tegmasin deb, shunday dorilomon kunlariga yetib kelganliklariga shukrona keltiradilar. Ayni paytda yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik, xalqimizning hamjihatligi eng katta boyligimiz ekanini, shunday osuda hayot, osuda kunlarning qadriga yetishni,uni asrab-avaylash zarurligini ta’kidlaydilar. II jahon  urushi yillarida  momolarimiz 14-17 tagacha  farzandlarini tarbiyalariga olib, ular uchun bir burda non topib yedirganlari, ularni aqlli,dono yurt koriga yaraydigan o’g’il-qizlar bo’lib yetishishiga sabab bo’layotganlari tahsinga sazovor albatta. O’sha yildagi ocharchilik, suvsizlik, qiyinchiliklar,urush xavfi kabi achinarli holatlarni ko’rgan momo-yu bobolarimiz bugun yurt ardog’ida. Ana shu insonlarning xizmatlari tufayli biz ,,Istiqlol’’ atalmish bebaho ne’matga erishdik. Tabarruk otaxonu onaxonlarimizning har tomonlama qo’llab-quvvatlanishlari Keksalarni e’zozlash yilida yangi bosqichga ko’tarilishi shubhasiz keksa avlod vakillarining manzilli ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bu borada nodavlat tashkilotlar tomonidan ko’rsatilayotgan moddiy va ma’naviy ko’mak ko’lamini oshirish, qariyalar hamda aholining ehtiyojmand qatlamiga g’amxo’rlik qilishda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini yanada keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.Inson xotirasi aziz va muqaddas. Barcha marhum ajdodlarimizni Yaratgan o’z raxmatiga olib, ularning  haqlariga qilayotgan  duolarimizni  ijobat aylasin.Hayot bo’lgan otaxonu onaxonlarimizning umrlari uzoq bo’isin. Yurtimizda tinchlik, farovonlik barqaror bo’lsin.Tinchlik va osoyishtalik abadiy bo’lsin. Barcha ezgu sa’y-harakatlar zamirida esa har bir insonning munosib turmush kechirishini ta’minlash, keksalarimiz ko’nglini ko’tarish,shu bilan birga ularning hayotini mazmunli qilishdek oliyjanob maqsadlar mujassamdir.                    
 
    Xulosa o’rnida aytish joizki: Keksalar bizning faxrimiz,g’ururimizdir.Men dorilomon,kelajagi porloq yurtning ,baxtli qiziman.Tongda darvozani ochguvchi,namozga bosh eguvchi, ollohdan rizq so’rovchi bobom va buvim sanaladi. Bobom tumanni  gazlashtirish ishiga mahalla rizqi uchun 40 yil ishlaganlar.Buvimlar tuman kasalxonasiga shifokok bo’lib ishlaganlar.Ularning ishlaridan faxrlanam, g’ururlanam.Ularning duolari bilan kelajakda ingliz tili fanidan tarjimon bo’lib yetishmoqchiman. Buning uchun ularning duolarini olish men uchun ham qarz, ham farzdir.Keling yoshlar keksalarimizni e’zozlab, ardoqlaylik.Zero,keksalari e’zoz topgan yurt qudratli bo’lur!  
G'ijduvon tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi 8-D sinf o'quvchisi Gulasal Amondullayeva. Tel: +99891 647-84-44

Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri.
                              Reja:
I.Kirish:
1.         Qarisi bor uyning parisi bor.
II. Asosiy qisim.
1.     Hunarmand tadbirkor bobomlar- bizning faxrimiz.
2.     Buvijonim duolari har bir ishda hamrohdir.
3.     Bobom va buvim- mahallamiz tayanchi va iftixori.
4.     Nuroniy qariyalarimiz- yosh avlod uchun mardlik va jasorat, iroda va matonatning jonli timsoli.
III Xulosa.
Qalbimizning qo’ri, uyimizning to’ri sizniki, aziz bobo va buvijonlar.
 Keksalarga g’amxorlik  ko’rsatish va e’tiborini kuchaytirish, ularning  hayot                      darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy- huquqiy shart-sharoitlar yaratish har bir farzand uchun ham qarz, ham farzdir.
                                                              I.Karimov
Insoniyat dunyodagi jamiyki jonzotlarning eng   oliysi hisoblanadi. Insonda hech narsaga teng kelolmaydigan Vatanga muhabbat, ota-onaga mehr- shafqat, keksalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi  eng nozik va qalbni jumbushga keltiradigan muqaddas insoniy hislar jo bo’lgan.  Butun borliq o’z Vatani tug’ilib o’sgan yurtini sevadi. Vatanning har bir qarich tuprog’i muqaddasdir.  Yurtimizning xalqi mehnatkash, mehribon, bir-birlarini boshqalarga xafa qildirib qo’ymaydilar. Xalqimizda 7yoshdan 70 yoshgacha  hurmat-izzatdadir. Men mana shunday buyuk yurt farzandiman. Bu yurtda quyosh tamomila o’zgacha nur sochadi, yulduzlar yog’dusi ko’ngillarga orom baxsh etib porlaydi, zaminimning xalqi ham juda fidokordir. Bu makonda keksa-yu yosh birdek ardoqda. Har inson o’z yurtdoshiga g’amxo’r, hattoki, yettiyot begona bo’lsada dardiga dardkash, quvonchiga sherik bo’ladi. Ayniqsa, qariyalarimiz juda mehribonlar. Xonadonlarda savlat to’kib o’tirgan, ko’cha- kuyda sog’lom, yuzlaridan nur yog’ilib turgan otaxon va onaxonlarni ko’rib biz yoshlar havas qilamiz. Xalqimiz ana shunday nuroniy keksalarni e’zozlaydigan, mehr-muruvatli xalq bo’lgani uchun ham yurtimiz tinch va osoyishta. Agar uyimizda har kuni bizni maktabga, bog’chaga, ishga ketayotganimizda qo’llarini ochib duo qilib kuzatadigan buvi va bobojonlarimiz bo’lsa, demak, biz dunyodagi eng baxtli insonmiz.
 Bizning oilamizda ham maktabdan, ko’chadan oldilariga yuguradigan bobo va buvijonimiz ko’zlarida quvonch,qandaydir bir shirin g’urur hisi bilan kutib o’tiradilar. Biz ham har gal ularni ko’rishga jon-jahtimiz bilan oshiqamiz. Ular bilan suhbatlashganimizda dilimiz yayraydi, yuragimiz zavq-u shafqqa to’ladi. Doimo “Xalqqa foydang tegsin, bolam, sendan keyin yaxshi nom bilan eslashsin” deya bizga nasihat qiladilar. Har ikkalari uyimizning yorqin va so’nmas shamchiroqlaridirlar. Dono xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor”degan maqol bejizga aytilmagan. Qarili uyning fayz-u baraka, qut arimaydi. Ular bilgan, aytgan hikmatlari, hayot yo’llari biz uchun kata ibrat maktabi sanaladi.    
                         E’zoz
Tillarida duo, yuzlarida nur,
Haq gapni aytishar bir so’z desalar.
“Qarisi bor uyning parisi bordir”,
E’zoz- ehtiromga loyiq keksalar.
Bizga saboq- ular bosib o’tgan yo’l,
 Aybdormiz- agarda bir ranj cheksalar.
Yutrga tinchlik tilab yuzga tortat qo’l,
E’zoz ehtiromga loyiq keksalar.  
        Mening oilam tadbirkor hunarmand oilasidir. Xonadonimizdagi barcha jamiatda, xalqda o’z o’rniga ega bo’lgan.Bu borada, bobojonim va buvijonim bizga o’rnak bo’lishadi. Ular  bizni ilk manzildan to hozirgacha qo’llab keladilar. Bobojonim Rahimov Bahriddin bolaliklaridan  ilg’or, hunarga, ilmga ishtiyoqlari baland bo’lgan. Oliy o’quv yurtini bitirgach xalqqa beminnat xizmat qilib, Oliy toifali rengentolog bo’lib faoliyat yuritganlar. Shu yillar mobaynida O’zbekiston ravnaqiga katta hissa qo’sha oldilar. Nafaqaga chiqqach tinib-tinchimas bobojonim hunarning etagini tutdilar. Yoshliklarida  bo’lgan qiziqish ularni bu sohaga chuqurroq olib kirdi. Ilk bora bir kichkina nogiron qizcha uyimizga hassa so’rab kelganda uni quruq qo’l bilan qaytara olmaganlar. Shu qiz uchunbirinchi marta hassa yasab berdilar. Shundan so’ng bu sohaga chin qalbdan berilib, uni davom ettirdilar. O’zbekistonda  hassalarni ko’paytirib bu soha rivojiga kata hissa qo’shmoqdalar.2006-yilga borib o’z faolyatlarini rasmiylashtirdilar. Juda katta  umidlar bilan Buxoro “Hunarmandlari uyishmasi” tashkilotiga a’zo bo’ldilar va o’z tadbirkor ishlarini boshladilar.Mana hozirgacha 65 yoshda bo’lishlariga qaramay O’zbekistongadi nogironlarga  va yordamga  muhtoj qariyalarga bir-biridan ajoyib, naqshinkor hassalar yetkazib beryaptilar. Faqat buning o’zigina emas, hunarmadlik ortidan juda ko’plab yutuqlarni  qo’lga kiritdilar. Masalan:2006-yil 16-iyulda “O’zbekiston ijtimoiy muhofaza ”vazirligida bo’lib o’tgan tenderda oilamiz va mahallamiz sha’nini oqladilar va g’olib bo’ldilar. Bu yuksak ishonch esa  ularni yanada kata ishtiyoq bilan ishlarga chorladi. Bundanda yaxshi kengroq imkoniyatlarga ega ko’zi ojizlar uchun ham alohida temirdan tayyorlangan hassalarni yasay boshladilar.Bobomning bu orada qishlog`mizda istiqomat qiluvchi qarovsiz va nochor nuroniy otaxon va munis onaxonlarimizga bepul hassalar tayyorlab berdilar. 2007-yilda  tuman va viloyatda Prezident Sovrini uchun “Tashabbus”ko’rik tanlovida ishtirok etib, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. 2015-yil ham biz uchun juda omadli boshlandi, joriy yilda Prezident sovrini uchun “Tashabbus” ko’rik- tanlovining tuman bosqichida 1-o’rinni viloyatda esa 1- darajali diplom va eng faol ishtirokchi sovrinini qo’lga kiritdilar. Bobojonimning yutuqlaridan biz oila a’zolari, mahalladoshlar va yoshlar juda g’ururlanamiz, havas qilamiz. Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2015-yil “Keksalarni e`zozlash ”yilideb e’lon qilindi. Ushbu yilda qariyalarga, nogironlarga e’tibor kuchaydi .Shu sababning poytaxtdan kelgan buyurtma  bo’yicha 400qo’l hassa va 400juft qo’ltiq tayoqni yangimodellar asosida tayorlab topshirdilar. Bundan tashqari har oyda Kattaqo’rg’on, Navoiy, Buxoro dorixonalariga ham qo’l mehnati bilan yasalgan hassalarni yetkazib berdilar. Faqat hassa tayyorlashdan cheklanib qolmay 3ta nogironlar aravachasi va nogironlar moslamasini tayyorladilar. Bobojonimning erishgan yutuqlaridan biz mahalladoshlarimiz va butun  yurtdoshlarimiz g’ururlanadi va faxrlanadi. Bunday buyuk xizmatlarda bobom bilan birga yelkadosh bo’lgan buvijonimning ham xizmatlari katta  va beminnatdir. Buvijonim aslida, oliy ma’lumotli pedagog bo’lib, maktabda ishlaganlar. Prezidentimiz aytganlaridek “Dargohlarning ichida eng buyugi maktab bo’lgani kabi jamiki kasblarning eng oliysi ustozlikdir”. Faoliyatlari davomida yuzlab jajji bolajonlarga harfni tanitib o’qitganlar. Bu yillar orasida 3 qiz, 4 o’g’ilni kamolga yetkazdilar. Barcha farzandlari yetuk va jamiyatga foydasi tegadigan bo’lib yetishdi. Biz ham ularning nevaralari sifatida ularga o’xshashni, o’rnak olishni xohlaymiz. Ularning hayot yo’llari biz uchun go’yoki yozilgan ibrat kitobidirlar. Biz ularni o’qigan sari, yangidan yangi tajribalarni orttiramiz. Har bir sahifada olam bilimlari jo bo’lgan.
        Mahallamizda  bobojonim va buvijonimni keksa-yu yosh hurmat qiladi. Biror yangi ish boshlamoqchi bo’lsalar, ulardan maslahat so’rab keladilar. Hech bir to’y, bayram ularning istirokisiz o’tmaydi. Kuni kecha mahallamizda 9-may “Xotira va qadirlash kuni” munosabati bilan bayram bo’lib o’tdi. Shu  bayramda ham bobom va buvimlar davraning  to’ridan  joy  oldilar.  Ular  so’zga  chiqib, barcha  insoniyat  boshiga  katta kulfat  keltirgan ikkinchi  jahon  urushining ayovsiz  janglarida  ishtirok  etib,  ortiga zafar bilan qaytgan, fidokorona mehnati bilan mamlakat iqtisodiyotining qayta tiklash yo’lida faollik ko’rsatib, shu dorilamon kunlarimizga yetib kelgan va bu kunlarimiz armon bo’lib qolgan yurtdoshlarimizni xotirlab, tilga oldilar. Mana shunday izzat-ikromning o’zi ham aziz bobo va buvijonimning mahallamiz faxri va iftixori ekanliklarini tasdiqlaydi. Men ham shunday insonlarning davomchisi ekanimdan faxrlanaman va ularning ishlarini davom ettirishni o’z oldimga maqsad qilib qo’yganman.
        Yuqorida aytib o’tilganidek, yurtboshimiz tomonidan 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”deb e’lon qilindi ushbu yilning boshidanoq O’zbekistondagi barcha Yoshi ulug’ insonlarga katta e’tibor berila boshladi. Urushda qatnashgan faxriylarimiz hayotini mazmunli qilish ularni moddiy va ma’naviy boyliklar bilan ta’minlash, qarovsiz qariyalarimizga g’amxo’rlik qilish joriy yilning  asosiy maqsadlaridan biridir. Shuning dek keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash,  ularni moddiy va ma’naviy qo’llab- quvvatlash ko’lamini kengaytirish, Yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarga ijtimoiy, nafaqa  ta’minorti va tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, oila va jamiatda yoshlarni o’zbek xalqining ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruxida tarbiyalashda keksalarning o’rnini mustahkamlash ham ushbu yilda ko’zlab qo’yilgan. Hozirgi kungacha yuqoridagi ishlar qisman amalga oshti desak mubolag’a bolmaydi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq yuz yoshga to’gan va undan oshgan shaxslarga munosib e’tibor ko’rsatilmoqda. Biz yoshlar ham  uyimizdagi, mahalla va shahrimizdagi nuroniy va faxriylarimizga qo’limizdan kelguncha yordam berishimiz, ularga g’amxo’rlik qilib, bo’sh vaqtlarimizda yumushlarini yengillatishimiz  kerak. Ularni har yerda hurmat qilib, ko’rganimizda salomimizni kanda qilmasligimiz kerak. Ular ham bizni hurmatimizdan xursand bo’lib, duo qiladilar. Ularning duolari esa har birimiz uchun eng katta tuhfadir.  Muxtasar qilib aytganda, nuroniy qariyalarimiz biz uchun mardlik va jasorat, iroda va matonat jonli timsolidirlar.
        Biz yoshlar bobo-buvilarimizning o’git va nasixatlari orqali to’g’ri yo’lni topishimiz, Vatanimizning bundanda yuksalishida  ularning nasixatlariga amal qilishimiz katta ahamiyat kasb etadi. Zero, bejizga aytilmagan “Keksalarning so’zi- aqlning ko’zi”.Qariyalarni e’zozlaydigan yurt doimo tinch va osoyishta bo’ladi. Shu so’zlarga rioya qilgan holda keksalarni o’z ardog’imizda asrashimiz lozim. Muxtasar aytganda, Faxriylarimizning munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratib berayotgan davlatimiz  tomonidan ularni har tomonlama qo’llab-quvatlash, e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish maqsadida samarador ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, bugun ular tufayli mamlakatimizda tinchlik- osoyishtalik hukm surmoqda, hayotimiz farovon. Jang maydonlarida  jon bergan, urushdan qaytmaganlarni eslash, bugun oramizda sog’-salomat hayot kechirayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizga g’amxo’rlik ko’rsatish bizning muqaddas burchimizdir.
 
      Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 20–umumiy o’rta ta’lim maktabi 8-D sinf o’quvchisi Mohinabonu Bahriddinova. Tel: +99891 647-84-44

Муҳаммад Юсуфни эслаб

Блог им. gijduvon20maktab

 Муҳаммад Юсуфни эслаб туриб Охунжон Мадалиев (иккалаларини ҳам Оллоҳ раҳматига олсин) ижро этган қўшиқ ёдимга тушди.


 


Сени ҳеч ким севолмайди менингдек,


Васлингга зор бу ошиқлар, эҳтимол.


Пойингга тиз чўкиб йиғлар эҳтимол,


Лекин, содиқ бўлолмайди менингдек


 


Алданма, ёр, алдамчилар макрига.


Малак бўлма бевафо ишқ шаҳрига.


Улар сени бир босса бас бағрига...


Сени ҳеч ким севолмайди менингдек.


 


Жонингга жон бўлмайман-у, севаман


Ёнингга бир келмайман-у, севаман.


Исмингни ҳам билмайман-у севаман


Сени ҳеч ким севолмайди менингдек.


 


Сен-кўкдаги ҳарир кўйлак, ҳур пари


Кўк кўлдаги тиниқ қолган сув пари,


Муҳаммаднинг кўнглидаги дилбари


Сени ҳеч ким севолмайди менингдек!


 

Yangi yil tabrigi

Блог им. gijduvon20maktab


Yangi yil bayrami — bu sarhisob bayrami deb o'ylayman. Inson o'zi oldiga qo'ygan reja, maqsad va niyatlarining yil davomida qay darajada amalga oshganini Yangi yil bayramida bir-bir sarhisob qiladi va kelgusi yil rejasini ham shu o'rinda tuzib oladi. 


ZiyoNET axborot ta'lim  tarmog'i ham 2013 yilda ancha muvaffaqiyatlarga erishdi. O'ylaymanki 2014 yil rejasida ham juda katta vazifalar belgilangan. Bugun bayram arafasida Ziyonet xodimlarini Yangi yil bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Ularga Yangi 2014-yilda ulkan zafarlar yor bo'lishini, axborot ta'lim tarmog'ining bundanda yuksak marralarga erishishi yo'lidagi fidokorona mehnatlarining samarasi bundanda yuksak bo'lishini tilab qolaman. Ayniqsa Gulchehra opa, Ra'no opa, Behzodjonlarni G'ijduvon tuman 20 maktab jamoasi, qolaversa oilamiz nomidan ham tabriklayman. Barchalaringizning xonadonlaringizda sog'lik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, farovonlik, to'kin-sochinlikni tilab G'aybullo Sanoyev!   


"11.12.13" matematik o'yinlar musobaqasi

Блог им. gijduvon20maktab

11 dekabr 2013 yil sanasiga bag'ishlab G'ijduvon tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi matematika fani o'qituvchisi A. Rashidov 6-sinflar o'rtasida «11.12.13» matematik o'yinlar musobaqasi o'tkazdi. Musobaqada 5 ta shart asosida o'quvchilar bilimi sinaldi. Hakamlar D. Shirinov, F. Axtamov. N. Toshov. N. Raxmonovalar o'quvchilar bilimi, xotirasi, zukkoligini baholab borishdi. Musobaqada 6-A sinf o'quvchilari g'olib bo'lib, maktabning faxriy yorliqlari topshirildi.


"11.12.13""11.12.13"

Konstitutsiyamiz - huquq va erkinligimiz kafolati!

Блог им. gijduvon20maktab

O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 21 yilligi munosabati bilan «Konstitutsiyamiz — huquq va erkinligimiz kafolati!» shiori ostida G'ijduvon tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktabida ma'naviyat haftaligi davom etmoqda. Shu munosabat bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari G'. Sanoyev boshchiligida turli xil tadbirlar, ochiq darslar, kechalar va uchrashuvlar tashkil qilindi. Devoriy gazetalar chiqarildi,maktab bayramona bezatildi. O'quvchilarning huquqiy savodxonligi tekshirib ko'rildi. Konstitutsiyamizning 21 yillik bayrami haqiqiy bayramona shukuh bilan davom etmoqda.


 


6-A sinfda konstitutsiya kuniga bayramiga bag'ishlangan tadbir


2-A sinfda konstitutsiya kuniga bayramiga bag'ishlangan tadbir


8-B sinfda konstitutsiya kuniga bayramiga bag'ishlangan tadbir


 

Ғиждувонда ZiyoNET ахборот таълим тармоғига уланишга бағишланган семинар

Блог им. gijduvon20maktab


 


 ZiyoNET ахборот таълим тармоғига уланиш, ZiyoNET да сайт очиш масалаларига багишланган илмий-амалий семинар 2013 йил 30 ноябрда Ғиждувон туманида бўлиб ўтди.



"Bahor matnini o'qish" mavzusida bir soatlik dars konspekti

Dars ishlanmalari
Mavzu : «Bahor matnini o'qish»
Maqsad: 
a)  Ta'limiy: Bahor faslining hamiyati, tabiat o'zgarishlari, bahorda gullar, qushlar va hasharotlar hayoti, bahorda nishonlanadigan bayramlar, dala va bog' ishlari to'g'risida tushuncha hosil qilish.
 b) Tarbiyaviy: O'quvchilarni ona tabiat, uning bizga etgan in'omlaridan oqilona foydalanish tabiiy boyliklarimizning qadriga yetishga, ularni ko'paytirish orqali mehnatsevarlik, insoniylik hamda ekologik tarbiya berish, shu bilan birga tozalik, sog'lik garovi ekanligini uqtirish.
d)  Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning nutqini, xotirasini, mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish.
e) Milliy istiqlol g'oyasi: buyuk kelajak kutayotgan yangi avlodni har tomonlama kamol toptirish, irodali, baquvvat, vijdonli va iymoni butun qilib o'stirishga ko'maklashish; milliy urf-odat va qadriyatlarimizni asrab avaylashga o'rgatish.
f) kasbga yo'naltiish: o'quvchilarning o'z kelajaklariga ishonch bilan qarashlariga zamin hozirlash, kasbni to'g'ri tanlay bilishga undash
Dars tipi: Yangi bilim, tushuncha berish
Dars turi: Noan'anaviy.
Dars uslubi: Og'zaki, ko'rgazmali.
Dars usuli: suhbat, savol-javob.
Darsning jihozi: bahor fasli, tabiat ko'rinishlari, bahor gullari, qushlar va hasharotlar rasmlari     tasvirlangan ko'rgazmalar, test savollari, texnika vositasi, tarqatmalar.                                   
 Darsning borishi.  
I.  Tashkiliy qism:
1.      Darsni tashkil qilish
2.      Davomatni aniqlash.
3.      Sinf hamda o'quvchilarning darsga tayyorligini aniqlash, sinfda psixologik iqlim yaratish.
              Dars bayoni
Sinf o'quvchilari 3 guruhga bo'linadi:
1-guruh: «Boychechak»
Bahordan berding darak
 Oson bo'lmadi ko'rmak
 Senga talpingach yurak
 Sevgan gulim, boychechak.
 2-guruh: «Binafsha»
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli
Bog'imizda ochilib
Turishlaring chiroyli
3-guruh: «Lola»
Bahor keldi elimizga
Ko'm-ko'k bo'ldi bog', dala
 Quvonch to'lib dilimizga
Terib keldik biz lola
  O'tgan mavzu savollar asosida mustahkamlanadi. «Qushlar va hayvonlar bizning do'stimiz» mavzusida davra suhbati o'tkaziladi.  O'tilgan mavzular yuzasidan test sinovlari o'tkaziladi.
Dam olish daqiqasi.            
Maysa boshin ko'tardi yerdan
Gul bahordan bermoqda darak
Qushlar qo'shiq, soz kuyi bilan
 Gul bahordan bermoqda darak
Test.
May oyi oxirlarida bog'lardagi ariq bo'yida ajoyib qush ovozini eshitasiz. U qanday qush?
a)      Zag'izg'on.  b)Turna.  d) Bulbul
2.«Erkin — erkin uchingiz osmon bo'ylab» kimning qaysi she'ridan olingan?
a) P. Mo'min. Zag'izg'on  b) I. Muslim. Turnalar. d) S. Ochil. Oymoma.
3. «Tog'dagi voqea» hikoyasining muallifi kim?
a) Sh. Sa'dulla. b) N. Aminov. d) F. Sa'dulla.
            Shu payt oq harir libosda Bahoroy kirib keladi. Bulbul va  xushovoz qushlarning xonishi yangraydi. O'qituvchi: Ana bolalar, bahoroy bilan birga bulbul, qaldirg'och, turna, kakku kabi issiqsevar qushlar ham biz tomonga yana uchib keldi, bu qushlar hech ikkilanmay o'zlarining o'tgan yili yashagan inlariga borishadi. Chunki bu sadoqatli qushlar ham o'z vatanini sog'inishganda.
                  Yangi mavzu bayoni.     
O'quvchilarga «Zumrad bahor — bahru diling ochar» bolimi va «Bahor» matni haqida tushuntirish.
Bahor.       
 1-martdan o'lkamizga bahor fasli kirib keladi. Bobodehqonlarimiz dalalarda, bog'larda va ekinzorlarda bahorgi yumushlarni boshlab yuborishadi.  Mart oyida quyosh tobora yuqori ko'tarilib, yer yuzasida o'z nuri haroratini mo'l-ko'l socha boshlaydi. 21 martda kun bilan tunning uzunligi tenglashadi. Bahor kelgan bo'lsa-da, mart oyi boshlarida ob-havo tez-tez o'zgarib turadi, iliqroq shamol esadi, kechqurun va ertalab tuman tushadi, yomg'ir, do'l yog'adi. Bahorning dastlabki gullari — och sariq gulli boychechak, tiniq ko'k gulli chuchmoma, shapaloq ko'k yaproqlar orasidan mo'ralab xushbo'y binafshalar ochiladi, lola va qizg'aldoqlar cho'g'dek lovillaydi, oltin gulli momoqaymoqlar, barra maysalar uzra bodrab turadi.  Daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi. Mart oyida hasharotlar va boshqa jonivorlar uyg'onadi. Qurbaqalar qurillab «qo'shiq»larine boshlaydilar. Laylak, jiblajibon, sassiqpo'pishak, kakku, qaldirg'och va turnalar uchub keladilar. Ayiq, tipratikan, tulki va bo'rilar qishki uyqudan uyg'onadilar.
Lug'at ishi. Tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlar asosida lug'at ishi o'tkazish. Bodrab — silkinib Cho'g'dek — olovdek Harorat  — issiqlik
Darslik bilan ishlash. Guruhlararo «kim ifodali va ravon o'qiydi» musobaqasi o'tkaziladi. Ifodali mazmunli So'zlarni tiz ma'noli. O'quvchilarning ifodali o'qish malakalari tekshiriladi.
Dam olish daqiqasi.
—  Xursand qilib bobongni
    Ko'rsat qani bahongni
—   Javob bermadim bobo
    Olmadim biror baho
—   Dars chog'I qo'zichog'im
    O'tirdingmi, shundoq jim? -
  — E; o'tirish qayoqda
    Turib chiqdim oyoqda
—   Yetmadimi parta yo
—   Burchakda edim, bobo!
Shundan so'ng shoshib sinfga Dehqonbobo kirib keladi:
—    Salom, bolalar, men Dehqonbobo bo'laman. Mening Laylakvoy degan bir do'stim bor. Uni esladingizmi? U menga Oltin tarvuzni berib yubordi. Lekin siz unga o'z bilimingiz bilan ega bo'lishingiz kerak. Mana bu xaritada uni egallash yo'li ko'rsatilgan.
1-topshiriq. Test.
1.      Bahor fasliga qaysi oylar kiradi?
a)      Mart, aprel, may b)      Iyun, iyul, avgust c)      Dekabr, yanvar, fevral
2.      Bahorda dastlab qaysi gullar ochiladi?
a)      Atirgul, nastarin b)      Boychechak, chuchmoma, binafsha c)      Rayhon, chuchmoma
3.      Bahorda o'lkamizga qaysi qushlar uchib keladi?
a)      Qarg'a, laylak, turna b)      Qaldirg'och, bulbul c)      Chumchuq, musicha
2-topshiriq. Gaplarni bog'lab gapgaAylantirgin matnga.
Guruh a'zolari rasmlar asosida og'zaki hikoya tuzishadi.
3-topshiriq. Zukkolar boshqotirmasi
Har ishga bo'lsang qodir
 Vaqt ketkazmay bosh qotir.
1.      O'zi qizil biram mazali Sarg'ish xolli shirin donali Desang agar bitta yeb ko'ray Nomini top buchi… Uni yertut deb ham atashadi.
 2.      May oyida pishadi Oq, jigarrang bo'ladi Juda mazali bo'lar Shinni, mayiz qilinar Belgilarini esta tut Bu sen o'ylagan...
3.      Bor shunday ulkan chiroq Uzoq-uzoqda biroq Kechalarni yoritar Nuri jahonga yetar Simdan quvvat olmaydi Yurmasdan turolmaydi U nima top Gulchiroy Topdim bu ....
4-topshiriq. Maqollar xazinasi.
Uch guruh vatan, odob, mehnat haqida maqollar aytadi. Ma'nosi sharhlanadi.
Dars yakuni.  Mavzuni umumlashtirish. Mustahkamlash.
Uyga vazifa: bahor matnini o'qish. Mavzuga oid she'r va maqollar yodlash.

Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!

Иқтидорингни намоён эт!
Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!
Vatan – o’zing mo’jiza, xazinasan bebaho,
Senda yashash oh mazza, sen – bu dunyoda tanho!
Sening chiroying ko’rgan bu ikki qaro ko’zim,
Jahon minbarlaridan yangrasin ushbu so’zim:
Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!
 
Vatan desam vujudim kelar shu on larzaga,
Alamlarni unutdim, vatan deb bir lahzada
Yurakning tub-tubidan joy olib yozilgandir,
Buni yashirmam sendan bu so’z aziz vatandir,
Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!
 
Tilim biyron, so’zim ko’p ta’rifingni so’zlaydi,
Ovozim bor juda xo’p chiroyingni kuylaydi,
Xayollarim zo’r uchqur sen haqingda o’ylashga,
Turarman juda mag’rur yuzing bilan yuzlashga,
Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!
 
Baland binolaringni ko’rib ko’zlar qamashar,
Sening farzandlaringni “o’ziga bek” deyishar,
Goh hasad, gohi havas ko’zi bilan qarashar,
Senga qaramlik emas mustaqillik yarashar,
Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!
 
Osmon ilmin o’rgangan bobom Mirzo Ulug’bek,
Adolat deb kurashgan bobom Amir Temurdek,
Mard, jasur adolatli zukko farzand bo’lgayman,
Vatanga sadoqatli, Vatan deya yashayman,
Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!
 
Vatan, tinch va farovon bag’ringda o’smoqdaman,
Kelajagim nurafshon ekanin sezmoqdaman,
Chunki sening har go’shang, har bir yering suyukdir,
Barilla aytsam, Vatan, Kelajaging buyukdir,
Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!
 
Yurtim, senda hamisha tinchlik bo’lsin hukmdor,
Sen – Olloh suygan o’sha dunyodagi zo’r gulzor,
Mangu gullab yashagin jannatga yaqin makon,
Qalbda mangu yashagin, ey yurtim O’zbekiston!
Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!
 
Qaro kunlarni unut bariga berding bardosh,
Osmoning tiniq, har on kulib turadi quyosh,
Farzandlaring baquvvat, kuchga to’lgan bilaksan,
Sen – muqaddas, sen – ulug’, tanimdagi yuraksan,
Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!
 
Yurtboshim border g’amxo’r, xalqiga ko’p mehribon,
Imkoniyatlarni ko’r Vatan uchun fido jon,
Humo qush saxovatli, Vatan, senga omad yor,
Yana sendayin baxtli, g’ururli yurt qayda bor?!
Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!
 
Intilib, izlanaman idrok etib, tafakkur,
Keng yo’lni ochib bergan Yurtboshimga tashakkur!
Chin, shodon kulib dildan boqqan ekan taqdirim,
Bag’ringda yashash, Vatan, bu mening katta baxtim
Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan!